MYu Reshfordni sotishga majbur bo‘lishi mumkin

  • 4 dekabr, 2022, 16:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" kelasi yozda 25 yoshli hujumchi Markus Reshford bilan xayrlashishga majbur bo‘lishidan qo‘rqmoqda. Bu haqda Star nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Avvalroq, angliyalik futbolchiga "Real" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq mankunianliklar ustozi Erik ten Xag uzoq yillik istiqbolda Reshfordni jamoaning asosiy futbolchisi sifatida ko‘rmoqda.

Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi, bu esa Reshfordga joriy mavsum oxirida ingliz klubini erkin agent sifatida tark etish imkonini beradi. Bu fakt “qizil iblislar” rahbariyatini Markusni tezroq sotib yuborishga majbur qilishi mumkin. Transfermarkt portali esa angliyalik hujumchini 55 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Reshford “Manchester Yunayted” safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!