
MYu "Real Madrid" futbolchisiga ko‘z tikdi
Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin "Manchester Yunayted"ning diqqat markaziga tushdi. Bu haqda "MSN" nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ukrainalik golkiper jamoaning darvozabonlar bo‘limidagi raqobatni kuchaytirish uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. MYu bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi darvozabon olishda qat’iy turibdi.
Garchi klubning birinchi raqamli maqsadi "Aston Villa" posboni Emiliano Martines bo‘lib tursa-da, ikkinchi asosiy variant sifatida aynan Lunin nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘tgan mavsumda 26 yoshli ukrainalik posbon "qirollik klubi" safida 14 uchrashuvda maydonga tushib, 6 bor darvozasini saqladi va jami 19 ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar