MYu "RB Leyptsig"ga Sheshko transferi bo‘yicha taklif yubordi

  • 5 avgust, 18:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" Benyamin Sheshko transferi bo‘yicha dastlabki taklifini yubordi.

"Bild" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, "Manchester Yunayted" "RB Leyptsig" hujumchisi uchun bonuslarni hisobga olgan holda 85 million evro taklif etgan.

Tecno

Sheshkoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun "Nyukasl" ham kurashmoqda. Ularning so‘nggi taklifi, avvalroq xabar qilinganidek, 80+10 million evroni tashkil etgandi.

Eslatib o‘tamiz, Benyamin Bundesliganing o‘tgan mavsumida 33 ta o‘yinda 13 ta gol urgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!