
MYu raqibiga o‘z futbolchisini beradi
Sulsherga kerak bo‘lmay qolgan markaziy himoyachi Markos Roxo premer-liganing boshqa klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
Ma’lumotlarga qarganda, “Sheffild Yunayted” qishki transferlar mavsumida argentinalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan mavsum yakunigacha ijaraga oladigan bo‘ldi.
“Sheffild” murabbiylari Markos Roxo jamoaning mudofaa qobiliyatini kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.
Argetinalik futbolchi manchesterliklar safiga 2014 yilda 20 million evro evaziga olib kelingan edi. Shundan beri premer-ligada 76 ta o‘yinda tushdi. Keyingi paytda Roxo asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ygandi.
Fikrlar