
MYu orzusidagi o‘yinchini transfer qilish uchun klubga uning ustozini ham olmoqchi
“Manchester Yunayted” rahbariyati nega “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxelni jamoani boshqarishga jalb qilmoqchi bo‘layotgani oshkor bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, manchesterliklar bugungi kunning eng zo‘r himoyachilaridan hisoblangan Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ular futbolchining Tomas Tuxel bilan juda yaxshi munosabatda ekanini inobatga olib, bu masalani germaniyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga tayinlash orqali hal qilmoqchi, deb xabar tarqatdi Football Insider nashri.
Ta’kidlash joizki, “Chelsi” xo‘jayini Roman Abramovichga nisbatan Buyuk Britaniya sanktsiya qo‘llagani bois klubning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi.
Antoni Ryudigerning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Katta ehtimol bilan tajribali o‘yinchi yangi bitim tuzmaydi.
Fikrlar