MYu orzusi sari yana bir qadam tashladi

  • 4 noyabr, 2020, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” anchadan buyon serbiyalik markaziy himoyachi Nikola Milenkovichni olishni orzu qilmoqda. Manchesterlikla yozda 23 yoshli futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan edi. Biroq “Fiorentina” bu transferni to‘sib qo‘ydi.

Tecno

Endi Sulsher jamoasi qishki bozor ochilishi bilan Milenkovichni transferini amalga oshirishni istamoqda. Futbolchining o‘zi kuchliroq jamoaga o‘tishni istayotgani “Fitrentina”ni transfer takliflarini qabul qilishga majburlayapti.

Nikolaning transfer summasi 50-60 million evroga baholanmoqda. Agar “Fiorentina” himoyachini tez orada sotib yubormasa, Milenkovichning shartnomasi 2022 yilda yakunlanishi munosabati bilan narxi arzonlab ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!