
MYu Onanaga o‘rinbosar sifatida Ispaniyaning grand klubi darvozabonini ko‘rmoqda
Ispaniyaning "El Chiringuito" nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin bilan jiddiy qiziqmoqda.
Xabaringiz bor, Andre Onana so‘nggi o‘yinlarda muvaffaqiyatsiz harakat qilmoqda, bu esa jamoaning natijasiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, "qizil iblislar" yozgi transferlar oynasida darvozabon chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va ukrainalik posbon ularga asosiy nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda.
Lunin ushbu mavsumda "Real" safida bir qator muhim o‘yinlarni o‘tkazdi va o‘zining ishonchli o‘yini bilan ko‘plab grand jamoalarning e’tiborini tortdi. Manchesterliklar esa so‘nggi kunlarda uning holatini kuzatib bormoqda va kelasi transferlar oynasida taklif bilan chiqishi mumkin. Manbaga ko‘ra, angliyaliklar futbolchi uchun "qirollik klubi"ga 40 million evro taklif qilishn o‘ylamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli posbon joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqdi. 4 ta bahsni "quruq" seriya qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar