MYu muxlislari uchun noxush xabar: Onana va Reshford terma jamoada jarohat olib, o‘yinni erta yakunlashdi

  • 18 noyabr, 2023, 08:27
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi FIFA kunlari boshlangan bir vaqtda yana muammolarga duch kelmoqda. Kecha jamoaning bir yo‘la ikki futbolchisi jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. 

Tecno

Angliya terma jamoasi a’zosi Markus Reshford Maltaga qarshi o‘yinni oxirigacha o‘tkaza olmadi. U bahsning ikkinchi taymida sherigi Trent Aleksandr-Arnold bilan to‘qnashib ketdi va 61-daqiqada zaxiraga olindi. 

Kamerun termasi tarkibida esa Andre Onana jarohat oldi va 81-daqiqada darvozadagi o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi. Hozircha ikki futbolchining jarohati qanchalik jiddiy va ular qachon safga qaytishi noma’lum bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, "Manchester Yunayted" keyingi o‘yinini "Everton"ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 26 noyabr kuni 21:30 da start olishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!