
MYu Liga Kubogida "Liverpul"ni mag‘lubiyatga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi
Angliya Liga Kubogi 1/16 bosqichida "Manchester Yunayted" "Liverpul" bilan bahs olib bordi va iroda ko‘rsatib, g‘alabani ilib ketdi.
O‘yinni mankunianlar hujum bilan boshladi. Biroq hisobni 19-daqiqada Muhammad Saloh ochdi. 26-daqiqada Meyson Grinvud qanotdan uzatilgan pasni o‘ziga to‘g‘rilab oldi va darvozaga aniq zarba yo‘lladi. 48-daqiqada Markus Reshford qarshi hujumda himoyachilarni ortda qoldirib, darvozani ishg‘ol qildi. 59-daqiqada Muhammad Saloh yaqin masofadan to‘pni raqib darvozasiga to‘g‘rilab qo‘ydi. 78-daqiqada Brunu Fernandesh jarima zarbasini aniq amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba olib keluvchi golni kiritdi.
O‘yin saytimiz orqali matnli translyatsiya qilindi.
Fikrlar