MYu Kazemiroga o‘rinbosar topdi

  • 14 sentabr, 15:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" 33 yoshli Kazemiroga ideal o‘rinbosar sifatida "Kristal Pelas"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Adam Uortonni ko‘rmoqda. Braziliyalik futbolchi mavsum yakunida klubni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" yozgi transferlar oynasi oxirida Uortonga qiziqish bildirgan, ammo o‘shanda "burgutlar" uning transferini 100 mln funtga (116 mln evro) baholagan. Biroq, qishda uning qiymati taxminan 60 million funt sterling (69,6 million evro) bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Uorton "burgutlar" safida 2024 yilning fevralidan buyon to‘p surib kelmoqda. Bu vaqt ichida yarim himoyachi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 45 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!