
MYu ikki supertransferga tayyor
“Manchester Yunayted” tez orada ikkita transferni hal qiladi. Ule-Gunnar Sulsher “Real” himoyachisi Rafael Varan va “Atletiko” vakili Kiran Tripperni kutmoqda.
“Atletiko” rahbariyati 30 yoshli angliyalik futbolchini 18 million funt evaziga yurtiga qaytib ketishiga ruxsat beradigan bo‘ldi. Bu transferda Tripperni Angliyaga qaytish istagi muhim ahamiyat kasb etdi. Uning shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan edi.
“Real”dan ketishga qaror qilgan Rafael Varan manchesterliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. MYu bu transferni yakunlash uchun 28 yoshli futbolchi uchun 50 million funt miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar