
MYu hujumchisi bilan bitimni uzaytirdi (FOTO)
"Manchester Yunayted" klubi o‘z forvardi Taxit Chong bilan shartnomani uzaytirdi.
20 yoshli futbolchining yangi bitimi 2022 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan va yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin.
Avvalroq, gollandiyalik futbolchilga "Barselona", "Yuventus" va "Inter" klublari qiziqish bildirayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Chong 2016 yili "qizil-iblislar" akademiyasiga kelgan va asosiy jamoada 14 ta uchrashuv o‘tkazib ulgurgan.
Fikrlar