
MYu himoyachisi uchun "Arsenal" va "Inter" klublari kurash olib borishmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Luis Antonio Valensiya mavsum yakunlangach boshqa jamoaga ko‘chib o‘tadi.
33 yoshli ekvadorlik futbolchining agenti bergan ma’lumotlarga ko‘ra unga "Arsenal", "Vest Xem", "Inter" va Xitoy klublaridan takliflar mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Valensiyaning MYu bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Valensiya joriy mavsum “Manchester Yunayted” tarkibida bor yo‘g‘i 8ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.
Fikrlar