
MYu futbolchisiga Ispaniyadan xaridor chiqmoqda
"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo qishki transfer oynasi vaqtida klubdan ketishi mumkin.
30 yoshli argentinalik uchun La Liga klublari qiziqish bildirmoqda, deya xabar bermoqda The Athletic nashri. Ammo Roxoning o‘zi Angliyada qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Oldinroq, unga "Sheffild" va "Nyukasl" da’vogarlik qilayotgani ma’lum qilingandi.
Himoyachining MYu bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi.
"Qizil iblislar" Roxoni APL va evrokuboklar qaydnomasiga kiritmagani bois, hozir u vatanida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Fikrlar