
MYu futbolchisi mavsumni yakunlab qo‘yish uchun xar kuni maydonga tushishga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra joriy mavsumni yakunlayu qo‘yish uchun barcha shartlarga rozi bo‘lishi haqida ta’kidlab o‘tdi.
"Joriy mavsum iloji boricha tezrok yakunlanishini xohlayman. Qaltis vaziyatdamiz, insonlarning salomatligi barcha barchasidan ustun, ammo chempionatni yakunlab qo‘yish uchun kerak bo‘lsa xar kuni maydonga tushishga ham tayyorman. Barcha qiyinchiliklarni bosib o‘ta olamiz. Hozir barcha dam olmoqda, jarohatlangan esa safimizga qaytishmoqda", - deydi Pereyra.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi keng tarqalishini oldini olish maqsadida Evropa milliy birinchiliklari va evrokuboklar noma’lum muddatga to‘xtatildi.
Fikrlar