
MYu futbolchisi La Ligaga yo‘l olishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi Erik ten Xagning rejalariga kirmagan va u jamoada qoladigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan kelasi mavsumni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazib yuboradi. Vaziyatni "Real Sosedad" kuzatib bormoqda va uni sotib olishga qaror qilgan.
Ayni vaqtda muzokaralar davom etmoqda. Qayd etish lozim, Van de Bekning "Transfermarkt" portalidagi bahosi 13 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar