MYu futbolchisi boshqa superklubga o‘tmoqchi

  • 23 oktabr, 2021, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Donni van de Bek etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani uchun boshqa jamoaga o‘tishga qaror qildi.

Tecno

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher o‘tgan mavsum imkoniyat berilmagan niderlandiyalik pleymeykerni yozda jamoada olib qolgandi. Norvegiyalik mutaxassis unga yangi chempionatda etarli darajada e’tibor qaratishni va’da qilgan. Biroq, amalda unday bo‘lmadi.

Donni van de Bekning o‘zi “Real”ga o‘tish istagini bildirdi va agentlariga bu masalani hal qilishni topshirdi.

Dnni van de Bek o‘tgan yilning yozida “Ayaks”dan 25 million evroga olingan. Uning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Iste’dodli pleymeyker joriy mavsumda atigi uch marta maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!