MYu futbolchisi APLning boshqa klubiga ko‘chib o‘tdi (Foto)

  • 21 iyul, 2022, 23:15
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatini APLning boshqa bir klubi "Nottingem Forest" safida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

U yangi jamoasi bilan 1 yillik shartnoma borasida kelishib olgan va xaftasiga 200 ming funt sterling maosh oladi. Lingard chorshanba oqshomida "qizil iblislar" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tib ulgurgan. Transfer tez orada e’lon qilinadi.

APLga yangi chiqqan jamoa uni "Vest Xem"dan tortib oldi. "Bolg‘achilar" Jessi uchun 150 ming funt maosh taklif qildi va bu taklif uni qoniqtiradi, deb hisoblashgandi. Biroq 29 yoshli o‘yinchi yakunda kattaroq maosh bera oladigan "Nottingem Forest"ni tanladi.   

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!