
MYu Frantsiya terma jamoasi hujumchisi uchun 120 million evro to‘lashga tayyor!
Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo Muani faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sportbuzzer nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida 24 yoshli frantsiyalik futbolchi sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Mankunianliklar forvardning transferi uchun 120 million evro ajratishi mumkin. Ayni vaqtda ushbu futbolchiga "Bavariya" ham qiziqmoqda.
Muani joriy mavsum “Ayntraxt” safida barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar