
MYu davralar oralig‘ida Grilishni sotib olishi mumkin
"Manchester Yunayted" hamon "Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilishni sotib olish fikridan qaytgani yo‘q.
The Athletic nashri tarqatgan xabarga qaraganda, mankunianliklar 25 yoshli Angliya terma jamoasi a’zosini joriy qishki transferlar davrida sotib olmoqchi. Birmingem klubi ham Jekni sotishga tayyor, ammo uni 110 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
25 yoshli Grilish joriy mavsum “Aston Villa” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar