
MYu darvozaboni erkin agent sifatida jamoadan ketishi kutilmoqda
"Manchester Yunayted" kerak bo‘lmay qolgan darvozabonini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishi mumkin. Gap Serxio Romero haqida ketmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, argentinalik futbolchi faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishga yaqin turibdi. "Boka Xuniors" jamoasi 34 yoshli posbon xizmatiga qiziqish bildiryapti va mavsum so‘ngida uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishi mumkin.
Shuningdek, poytaxt klubi "qizil iblislar"ning yana bir sobiq futbolchisi Markos Roxoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Roxo fevral oyi boshida mankuniyaliklar safini tark etgandi.
Romero joriy mavsum birorta o‘yinda maydonga tushmadi. U David De Xea va Din Xenderson bilan raqobatda yutqazmoqda.
Fikrlar