
MYu "Barselona" futbolchisiga taklif tayyorlab qo‘ydi
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidal xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Express nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar rahbariyati xavbekning transferi uchun taklif tayyorlab ulgurishgan.
Manbada ta’kidlanishicha, kataloniyaliklar safida o‘zini o‘rnini topa olmayotgan chililik futbolchining o‘zi ham "qizil iblislar" tarkibiga o‘tishga qarshi emas.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, MYu "Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar