Muxlislar bo‘lmasa gol ham bo‘lmaydi. Yoxud vodiy derbisida hisob ochilmadi (video)
Bugun Superliganing 6-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, “Navbahor” o‘z maydonida “Turon”ni qabul qildi.
Namangandagi “Markaziy” stadionda muxlislarsiz kechgan bahs 0:0 hisobida nursiz durang bilan nihoya topdi. Shu tariqa jamoalar o‘z hisobiga bittadan ochko yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:



Fikrlar