
Musiala ham sadoqat, ham jasorat namoyish etdi
Jamal Musialaning "Bavariya" bilan yangi shartnomasi bo‘yicha yillik daromadi 25-26 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Bu miqdorga asosiy ish haqi hamda turli bonuslar kiradi. Bundan tashqari, 21 yoshli yarim himoyachi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritsa, qo‘shimcha to‘lov mavjud. Shuningdek, sodiqlik uchun bonus olishi mumkin.
"Sky Sport" xabariga ko‘ra, Myunxen klubi bilan muzokaralar chog‘ida Musiala yillik 4-5 million evrodan voz kechdi.
Yangi shartnoma fevral oyiga qadar imzolanishi kutilmoqda va ushbu bitim 2029 yoki 2030 yilgacha amal qiladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi esa 2026 yilda yakuniga etadi.
Fikrlar