Murodjon Ahmadaliev va Xose Velaskes jangi yakuniga etdi

  • 20 noyabr, 2021, 08:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Matchroom kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o‘zining navbatdagi himoya jangini o‘tkazdi. WBA va IBF kamarlari o‘rtaga qo‘yilgan bahsda unga Xose Velaskes raqib sifatida ringga ko‘tarildi. 12 raund etib belgilangan to‘qnashuv to‘liq davom etdi va unda hamyurtimiz raqibini ochkolar bo‘yicha (119-109 3ta) mag‘lub etdi. Shu tariqa Ahmadaliev o‘z kamarlarini ikkinchi bora omadli himoya qilgan holda professional boksda 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!