
Murodjon Ahmadaliev raqibni "ezib tashladi"
Xabaringiz bor, ayni paytda Meksikaning Gvadalaxara shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev va mezbonlar vakili Luis Kastilo o‘rtasidagi jang yakunlandi.
Meksikalik bokschi 7 raund davomida Ahmadaliev tomonidan yo‘llangan zarbalarga bardosh bera oldi, biroq 8-raundga kelib, raqib butunlay "tamom bo‘ldi". Yurtdoshimizning kuchli zarbalaridan so‘ng hakam bahsga aralashdi va uni to‘xtatdi. Shu tariqa Murodjon professional boksdagi 15-jangida 14-g‘alabasiga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, endi Ahmadaliev 14 sentyabr kuni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar