Mundialdan so‘ng yo‘qolib qolgan "sehrli tayoqcha"!

  • 27 avgust, 2019, 20:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda «Meksika-2011» qahramonlari bugun qaerda», sarlavhasi ostida maqola chop etgandik. O‘sha tarkibimizdagi aksariyat o‘yinchilarning imkoniyatlari yuqori baholangani hech kimga sir emas. Farg‘onaliklik Davlatbek Yorbekovni ham o‘sha paytda ko‘pchilik yaxshi eslab qolgandi. Ayniqsa, u zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirib yuborishga qodir edi. Shu bois unga Evstafeevning sehrli tayoqachisi degan nom ham berishgan. Afsuski, mundialda porlagan Yorbekov ham, mundialdan so‘ng so‘nib qoldi. Natijada yana bir iqtidor egasi o‘z kuchini yo‘qotdi.

Tecno

Jahon chempionatidan keyin…

- Jahon chempionatidan keyin «Paxtakor»ning o‘rinbosarlari jamoasida o‘ynab yurdim, qolaversa, Samvel Babayan meni 18 talik ro‘yxatda olib yurdi. Asosiy jamoa bilan shug‘ullanib yuraverdim. Ammo meni o‘ynatmay qo‘yganidan keyin futboldan ko‘nglim sovushni boshladi. Aleksey Evstafeev meni «Qizilqum»ga olib ketmoqchi edi. Buning uchun Babayandan meni «Qizilqum»ga ijaraga bering deganimda ham rozi bo‘lmagan. «Paxtakor»da esa yana o‘ynamay yurdim. Natijada o‘yin sifatim borgan sari pasayib ketdi. Oxir-oqibat meni birinchi liga jamoasiga ijaraga berib yuborishdi. U erdagi sharoitlarni ko‘rsangiz edi…pul haqida gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Futbol uchun sharoitlar umuman yo‘q. Masalan, futbolchining ovqatlanishi uchun ham oddiy sharoitlar bo‘lishi kerak-ku. Lekin birinchi ligada shunday kunlarni ko‘rdimki, u erda hatto och qolib futbol o‘ynashimga ham to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda «Yangier»da edim. Ovqatlansak ham biror nima etmay qolardi. Misol uchun non kam, taomlar esa be’maza. Bunday muhitda esa futboldan ko‘nglim qolishni boshladi. Mana shunday holatda futbol o‘ynab yuraversangiz sizga hech narsaning qizig‘i qolmas ekan. Natijada murabbiylar bilan tortishadigan bo‘lib qoldim. Futbolga bo‘lgan qiziqishim so‘ndi. «Paxtakor»da besh yil davomida hujjatlarimni berishmagan. Qaerga borsam ham avvalo hujjatlaringni olib kel deyishardi. Ammo «Paxtakor»dan ololmasdim. Futboldagi bunday manzarani ko‘rib, o‘zimda ham xohish va istak pasayib ketdi. Natijada maydonga tushganda ham 100 foiz kuchimni berib o‘ynamasdim. Hujjatim yo‘qligi bois u er, bu erlarda o‘ynab yurishga majbur bo‘ldim. Lekin hech bir jamoa sotib olmadi. Qiynalib yuraverdim, oqibatda saviyam ham tushib ketdi. Oxirgi marta «Istiqlol»da o‘ynab yurgandim. Keyin esa jarohat oldim. Afsuski, birov menga yordam bermadi. Aslida esa rejalarim katta edi. Masalan, Evstafeev meni yana terma jamoaga chaqirmoqchiligini aytgandi. Bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilib, sen o‘ynashing kerak, agar o‘ynamasang qanday qilib termaga chaqiraman, degan. Hattoki, meni bitta yig‘inga ham chaqirgan. O‘sha yig‘inda esa afsuski, mening pastga qarab ketganim bilinib qolgan.

Davlatbek Yorbekov4

Yulduzlik kasali haqida

- Tan olaman, jahon chempionatidan keyin biroz bo‘shashlik bo‘lgan. Lekin ortiqcha darajada kayf-safoga berilib ketmaganmiz. Bilaman, men haqimda gap chiqarishgan. Farg‘onada yurgan paytimda kimdir dadamga o‘g‘lingiz mast holatda ko‘chada, svetoforning tagida uxlab yotibdi degan ekan. O‘shanda dadam menga futbolni yig‘ishtirasan degan va «Paxtakor»ga borib mening yurish-turishimni so‘rab surishtirgan. Ammo u erdagilar men haqimda hech qanday muammolar bo‘lmaganini aytishgan. Shunchaki, menda futbolga nisbatan ko‘ngil sovib ketgan. Biror murabbiy ham meni qo‘llab-quvvatlamagan. Masalan, internet orqali menga xabar yozishsa, hammasiga ham javob bera olmasligim mumkin. Shu payt yana har xil gaplarni chiqarishardi.

Sovg‘a qilingan «Spark»

- Davlatimiz tomonidan sovg‘a qilingan «Spark» mashinasidan foydalanib kelyapmiz. Hozir uyda dadam va akam minib turibdi. Bizning dastyorimizga aylangan. Birinchi Prezidentimiz bergan mashina sifatida uni extiyot qilib minib yuribmiz.

Davlatbek Yorbekov3

Yorbekov futbolni tugatdimi?

- Hali faoliyatimni yakunlaganim yo‘q. Futbol o‘ynashga xohishim bor-u, ammo qaysi yo‘ldan yurishni bilmayapman. Agar biror-bir murabbiy kelib, sen unday emas, bunday harakat qil deb yo‘l-yo‘riq ko‘rsatsa shunga qarab ishlardim. Yig‘inga chaqirib, ko‘rmasdan turib sizga javob berib yuborish, bu menga yoqmaydi. Agar qo‘llab-quvvatlab turishsa men bundan ilhomlanib o‘ynayman. Lekin siz ming harakat qilsangiz-u, ammo murabbiy baribir o‘z o‘yinchisini qo‘ysa hammasi befoyda.

Futbolga kirib kelishi

- Yoshligimda futbolchi bo‘laman deb turli qiyinchiliklarni ko‘rganman. Mashg‘ulotlarga piyoda borib kelardim, kasal bo‘lgan paytlarimda ham mashg‘ulotlarni qoldirmaganman. Men ham bolaligimda mahallalarda futbol o‘ynab yurardik. Qiziqishim kuchli bo‘lgan. Uydagilarga futbolga boraman deb yig‘lardim. Keyin meni Farg‘onadagi futbol maktabiga olib borishgan. Bir haftacha shug‘ullanganimdan keyin u erga har kuni borgani sharoitim bo‘lmagan. Shu bois ma’lum vaqt bormay yurgan paytimda murabbiyim meni ko‘rib qolib, senda bir nima bor, futbolga albatta borishing kerak, deb yana etaklagan. Shundan keyin Xushbek Qosimov qo‘li ostida shug‘ullanishni boshlaganman. O‘sha paytda jamoamizdan bir qancha o‘yinchilarni «Neftchi», «Navbahor», «Nasaf», «Paxtakor» kabi jamoalarga chaqirishgan. Tayyorlov guruhlari o‘rtasidagi musobaqada qatnashganmiz. «Bunyodkor» bilan o‘yinimiz bor edi, ammo oyog‘imdan jarohatlangandim. Murabbiyimiz esa bugun o‘ynashing kerak, terma jamoa murabbiyi seni ko‘rmoqchi degandi. Natijada bir amallab o‘ynaganman va o‘shanda Aleksey Evstafeev meni yoqtirib qolib, terma jamoa yig‘iniga chaqirgan. Turkiyadagi yig‘inga ham meni olib ketishgan. Aslida terma jamoadan keyin men «Nasaf»ga ketayotgandim, ammo nimadir bo‘ldi-yu, «Paxtakor»ga ketdim. Mundialdan keyin menga xorijdan taklif bo‘lganmi yoki yo‘qmi, bundan xabarim yo‘q. Lekin bir jurnalist sizga «Shtutgart» jamoasidan qiziqish bor, bunga nima deysiz deganida hayron bo‘lganman. Lekin o‘zimga hech kim xabar bermagan.

Davlatbek Yorbekov2

Xatosi

- Xatoim shu bo‘lganki, meni maydonga tushirishmaganida murabbiylar bilan tortishganman. Bu yoqda terma jamoa murabbiyi qo‘ng‘iroq qilib, sen o‘ynashing kerak, shunda chaqiraman deb tursa, bu yoqda sizni o‘ynatmasa, shunday paytda narsalarimni yig‘ishtirib ketardim. «Paxtakor»da ishlagan Tachmurod Agamurodov va No‘’mon Hasanov menga, sendan yaxshi futbolchi chiqadi, mehnat qilishdan to‘xtama, o‘ynayver deyishgandi. Lekin…

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
27/08/2019 23:03
Buni turushidan tuzukroq futbolchi chiqishiga ko'zim yetmaydi.
Yulduzni yoqib olib yurgandirde.
Pactakor undoq,Babayan bundoq deyish oson lekin shu Paxtakordan kimlar yetishib chiqmagan?
Alijonov,Masharipovlarni ko'ring
&
Oʻzicha borib asosiy oʻyinchi boʻlaman deganda hamma yerni boʻrisi bor ularni yengish uchun boʻri bob tugʻilish kerak bunaqa chiya boʻrilar non topomidi pahtakorda oʻsha yili ham Babayan bilan pahtakor chempiyon boʻgan
&
Surxon turon
27/08/2019 21:31
Ярамас бабаян болани синдириб юборган
&
Sash
27/08/2019 20:53
Nasafga utish kerak edi. Yutqazsa ham yoshlarni uynatadi. Yana variant Sparkni babayanga berish kerak edi ushanda uynatardi. Zato bola sinmasdi. Pahtachilaga pahta quy.
&
JASUR3838
27/08/2019 21:09
Tug'ri Aka Nasfdagi kabi yoshlani uynatadigan jamoalar kam bizni chempionatda.
&
Hasan fanat pahtakor
28/08/2019 06:15
Yoshlarni oʻynatishga majbur Nasaf yaqinda mahalladân bollarni yigʻib nasafchilar dib nomlisilar qoʻqon ham qoqibdiyu nasafni hafa boʻmeylar botirvagan joyiga yani k...ga vazeliň surkab qoʻy keyingi safar qiynalmidi
&
28/08/2019 17:23
Babayandikiga urudim boshqa joyga kirib ketibdi. Uzur ming bor. Pahtakor chempiyon bulsa biz hursand bulamiz. Chunki unda 9 ta Nasafni burisi bor.
&
Hasan fanat pahtakor
28/08/2019 17:36
Ular nasafda boʻri edi hozir ular sherlar lokomotov,bunyodkor agmk degan boʻribosarlarni koʻrganda qochadigan davri oʻtdi ularni
&
28/08/2019 20:12
Nasaf kutlaringdan kutarib turibdi ug'il bola bulsalaring tan olilar. Nasafdikiga osiluvirmasdan.