Muhammadqodir Abdullaev qanday yolg‘on qurboniga aylangandi?

  • 26 mart, 2020, 20:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘zbek boksining tirik afsonasi, “O‘zbekiston iftixori” Muhammadqodir Abdullaev haqida juda ko‘p so‘z yuritish mumkin. Uning erishgan natijalarini barcha yaxshi bilsa kerak. Olimpiada chempioni, jahon chempionati va kubogi, Osiyo chempionati, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, bir so‘z bilan aytganda, havaskor boksdagi barcha yirik turnirlarda zafar qucha olgandi.
So‘ngi vaqtlarda ushbu ajoyib chempionimiz OAV da kamnamo bo‘lib ketdi. Biz esa O‘zbekiston boks tarixida o‘chmas iz qoldirgan ushbu charmqo‘lqop ustasi bilan bog‘lanib, ayni kunda qanday ishlar bilan mashg‘ul ekanligi va bir nechta bokschilik faoliyatiga oid savollar bilan murojaat qildik.

- Assalomu alaykum.

Tecno

- Vo alaykum assalom. Assalomu alaykum.

- Demak, savollarimizga javob berishga tayyorsiz?

- Avvalo, e’tibor uchun xursandman. Savollaringizga esa imkon qadar javob berishga harakat qilaman.

- Hali ham O‘zbekiston professional boks federatsiyasida faoliyat yuritayapsizmi?

- Xuddi shunday.

- Qanday lavozimda?

- Isroil Yunusov rahbarimiz... Birinchi vitse-prezident Abdulloh Sagdiev hisoblanadi. Men ham vitse-prezident lavozimida faoliyat olib boryapman.

mu

- Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida o‘z maktabingiz va klubingizni ochish arafasida edingiz. Ishlar o‘z yakuniga etdimi?

- Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu tumanda bo‘sh turgan binoni bizga berdi. Bu borada ishlar olib borilmoqda. Qolaversa, mazkur joyda ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yamiz. 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirganmiz. Nasib qilsa, tez orada boks maktabi va klubimiz o‘z faoliyatini boshlaydi. Shu o‘rinda viloyat hokimiga bizni qo‘llab-quvvatlaganligi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

muxa

- Qarshi shahrida ham sizning nomingizda boks akademiyasi ochilishi borasida xabarlar tarqalgandi?

- To‘g‘ri, Qarshi shahridagi “Temuriylar xarbiy maktabi” qoshida bunday loyiha ham amalga oshish arafasida turibdi.

- “Sidney” deya nomlangan choyxonangiz ham anchadan buyon mijozlarga xizmat ko‘rsatmayotgan ekan. Bu nima bilan bog‘liq?

- “Sidney” choyxonasining o‘rniga bolalar uchun boks, kurash turlariga ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasi ochmoqchimiz. Bu erda nafaqat sport turlari, balki ta’limga ham katta urg‘u beriladi. Shuningdek, uch mahal issiq ovqat bilan ta’minlanadi. Umuman aytganda, barcha sharoitlarga ega bo‘ladi. Qolaversa, o‘quv markazlarini ham ochish rejamizda bor. Bu borada harakatlar allaqachon boshlanib ketgan. Yaqin kunlarda Muhammadqodir Abdullaev nomidagi sportga ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim muassasi ham ishga tushadi.

muxammad

- Nega murabbiylik bilan shug‘ullanishni istamagansiz?

- Endi, bu juda qiyin ishlardan biri. Lekin istamaganman desam, noto‘g‘ri bo‘ladi. Ma’lum muddat bu borada ham faoliyat olib borganman.

- Bu savolni berishimni boisi, Hindistondan bo‘lgan taklifni rad etgan ekansiz?

- Ha, bunday takliflar juda ko‘p edi. Xitoy Taypeyidan ham bo‘lgan. Biroq u vaqtda O‘zbekiston professional boks federatsiyasida ish boshlagandim. Nabijon Ismonov, Zufar Sulaymonovlar bilan birgalikda mamlakatimizda professional yo‘nalishni rivojlantirish borasida astoydil ish boshlagan edik. Manfaatli taklif deb, boshlagan ishni yarim yo‘lda tashlab ketishni istamaganman.

- O‘z vaqtida ko‘pkariga qiziqardingiz. Bir nechta zotdor otlaringiz bo‘lardi. Hozir ham bormi?

- To‘g‘ri, o‘sha vaqtlar qiziqishim yuqori edi. 50 ming AQSh dollariga ot ham sotib olgandim. Keyinchalik bu ish menga emasligini tushunib etgandim.

muxammad1

- Sobiq Andijon hokimining o‘g‘li bilan kelishmovchiligingiz katta shov-shuv bo‘lgandi?

- Bularning barisi mish-mishlar edi. Hech qanday urush-janjal bo‘lmagan. U bilan aka - ukadek edik desam ham bo‘ladi. Haligacha munosabatimiz yaxshi.

- Hasanboy Do‘stmatov bilan ilk uchrashuvingiz va unga yaxshi niyat bilan amalga oshirilgan voqeyliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tsangiz?

- Adashmasam, Hasanboy 6 yoki 7 sinfda o‘qirdi. O‘sha vaqt kikboksing bilan shug‘ullanar ekan. Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Kulla qishlog‘iga to‘yga borganmiz. U erlik bir akamiz Ruslan Chagaevga havas qilib o‘g‘lini ismini Ruslan qo‘ygandi. Shu bolakayni to‘yiga taklif qilgan. O‘shanda Hasanboyning buvisi oldimga olib kelib, og‘ziga tuflab qo‘ying, sizga o‘xshagan chempion bo‘lsin degandi. Yaxshi niyat bilan duo qilgandik. Yaratganni inoyati bilan u bizdan-da yaxshi natijalarni qayd etdi.

muxammad2

- Keling endi biroz bokschilik faoliyatingiz haqida ham suhbatlashsak. Olimpiada chempioniga o‘z vaqtida havaskor boksda noqulay va jiddiy qarshilik ko‘rsata olganlar bo‘lsa kerak?

- Namanganlik Bahrom Qirg‘izboev, Toshkent viloyatidan Farhod Bakirovlarni ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Umuman olganda, vazn toifamda juda ko‘p kuchli bokschilar bor edi.

- Jahon miqiyosidachi?


- Belaruslik bokschi Sergey Bykovski edi. U bilan jangda qiyinchilikka uchragandim.

- Hozirgi kundagi bokschilarimiz orasida sizning uslubingizda jang qiladiganlar bormi?

- Hasanboy Do‘smatov va Shahobiddin Zoirovlarda qisman bor.

- Professional boksdagi mag‘lubiyatlaringizni qanday izohlagan bo‘lardingiz?

- Mag‘lubiyatlarning juda ko‘p sabablari bo‘ladi. Raqibingiz bir bosh ustun bo‘lsa, tan olish kerak. Men hech qachon o‘zimni oqlamayman. Ehtimol, yaxshi harakat qilmagandirman. Biroq o‘sha vaqt meni mag‘lub etgan raqiblarimdan kuchsiz emasdim. Misol uchun, Ganada bo‘lgan jangimda shunchaki raqibga berib yuborishgan. Qolgan mag‘lubiyatlarning asosiy sababchilari menejerlarim edi. U paytlar professional boks bizda yaxshi rivojlanmagandi.
Menejerlarim jangga oz qolganda promouter bilan kelisha olmadik, tushmaysan derdi. Biz biroz mashg‘ulotlarni bo‘shashtirardik. Jangga uch-to‘rt kun qolganda hal bo‘ldi, tushasan derdi. Tayyorgarlik jarayonlarim, hayollarim buzilgan. Til bilmasligimiz, professional boks atrofidagi qonun-qoidalar haqida bilimga emasligimiz ko‘p pand bergan.
Qanchadan-qancha pullar menejerlarimda qolib ketgan. Shunchaki yolg‘onlar qurboniga aylangandim!

- Mazmunli suhbat uchun tashakkur. Boshlayotgan ishlaringizga rivoj tilab qolamiz.

- Katta rahmat!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!