
Muhammad Salohdan zo‘r ikki futbolchi bor
Angliya Premer-ligasi va “Liverpul” tarixidagi qator to‘purarlik rekordlarini yangilab kelayotgan Muhammad Saloh bu turnirdagi eng zo‘r futbolchi emas.
Mashhur himoyachi Rio Ferdinan chempionatda misrlik yulduzdan zo‘r ikki o‘yinchi bo‘lganini ta’kidladi.
- Muhammad Salohni Angliya Premer-ligasidagi eng zo‘r o‘yinchi, deyish mumkinmi? Yo‘q, albatta bunday emas. Saloh bu borada Krishtianu Ronaldu va Terri Anridan o‘tib ketolmagan, - dedi Rio Ferdinand.
Terri Anri Angliya chempionatida “Arsenal” sharafini himoya qilgan va “kanonirlar” safida 377 ta uchrashuvda o‘z hisobiga 228 ta gol va 96 ta assist yozdirib qo‘ygan.
Krishtianu Ronaldu esa, “Manchester Yunayted” uchun 346 ta uchrashuvda 145 ta gol urgan va 64 ta assist qayd etgan.
Fikrlar