Muhammad Saloh o‘rniga “Real”dan to‘purar olamiz!

  • 23 mart, 13:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Liverpul”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloh yozda klubni tark etishi mumkin. Uning shartnomasi 30 iyunda tugaydi va hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha tomonlar hali kelishuvga erishgani yo‘q.

“Qizillar” misrlik to‘purar o‘rnini bosa oladigan kuchli o‘yinchi qidirmoqda. Fichajes nashrining yozishicha, liverpulliklar Saloh ketsa, uning o‘rniga “Real” yulduzlaridan Rodrigoni olib kelishni rejalashtiryapti.

Angliya superklubi 24 yoshli o‘yinchi uchun madridliklarga 120 million evro taklif qilmoqchi.

Braziliyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi. Transfer bo‘yicha ekspertlar “Liverpul” Rodrigoni olishi oson bo‘lmasligini ta’kidlamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!