
Muhammad Saloh: Men ham “Liverpul”dan ketaman!
Joriy mavsumda Angliya chempionligi uchun kurashayotgan “Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh bosh murabbiy Yurgen Kloppnigg mavsum oxirida jamoa bilan xayrlashishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Bosh murabbiyning o‘zgarishi mening klubdagi vaziyatimga ta’sir qiladimi? Yo‘q, albatta. Hayotda hamma narsa o‘zgaradi.
“Liverpul”dan juda ko‘p muhim o‘yinchilar va murabbiylar ketgan. Bir kun kelib, men ham “Liverpul”ni tark etaman. Lekin Kloppning ketishi mening kelajagimga ta’sir qilmaydi, - dedi Muhammad Saloh.
Misrlik forvard “qizillar” tarkibida 2017 yildan beri o‘ynab keladi. “Liverpul”ning yangi davrdagi yutuqlarida Muhammad Salohning xizmati katta. Biroq keyingi paytda Saudiya Arabistoni klubilari 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini kuchaytirib bormoqda.
Fikrlar