
Muammolar girdobidagi “Barselona”...
"Barselona" La Liganing 2022/23 yilgi mavsumi uchun 17 nafar futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi, deb xabar beradi “Diario Sport” nashri.
Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar yozgi transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan birorta ham yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmagan.
Yozgi transfer oynasida Rafinya, Robert Levandovski, Frank Kessi, Andreas Kristensen va Jyul Kunde “Barsa” futbolchilariga aylanishgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya chempionatidagi ilk o‘yinida "Rayo Valekano"ni qabul qiladi.
Fikrlar