
Mozgovoy: "Muxlislarimizga ajoyib o‘yin va’da qilamiz"
"Baniyas" jamoasi a’zosi Akmal Mozgovoy "Al Jazira"ga qarshi bahs oldidan o‘z fikirlarini bildirdi. Abu-Dabi derbisi 19 sentyabr 21:15 da boshlanadi.
"Bizni qiyin raqibga qarshi muhim o‘yin kutib turibdi. Biz qo‘limizdan kelganicha o‘yin ko‘rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga va g‘alabalar seriyasini boshlashga harakat qilamiz. Derbi o‘yinlari har doim shiddatli va qiyin kechadi. Mazkur bahs oldidan juda ham hayajondamiz. Bizning maqsadimiz Abu-Dabi derbisida qiyin raqibga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatish va kuchli xarakter ko‘rsatishdir".
Ma’lumot o‘rnida, hamyurdimiz to‘p tepayotgan "Baniyas" jamoasi Pro ligada 3 turdan so‘ng 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar