Mourinoning kelajagi aniq bo‘ldi

  • 11 iyun, 2023, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino ikkinchi urinishda ham “Roma”ni Chempionlar ligasiga olib chiqolmadi. 2021 yilning yozida Rimga olib kelingan portugaliyalik mutaxassis oldiga jamoani kuchli to‘rtlikka olib kirish vazifasi qo‘yilgan.

Tecno

Biroq, bu yil ham bu vazifa uddalanmadi. Shunga qaramay, klub rahbariyati Mourinoning faoliyatidan va jamoaning o‘yinidan mamnun ekani aytilmoqda. Chunki “Roma” ketma-ket ikki final – Konferentsiyalar ligasi va Evropa ligasining hal qiluvchi bahsigacha etib keldi.

TodoFichaes nashrining xabar berishicha, rimliklar Mourino bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokarani boshlab yuborgan. Aslida Joze 2024 yilning yozida jamoani topshirishi kerak edi.

Endi rahbariyat tajribali mutaxassis bilan kelishuvni 2026 yilning yarmigacha uzaytirmoqchi. Manbalarning ta’kidlashicha, Mourino ham Rimda qolishga rozi. Shu bois tomonlarning kelishishi qiyin bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!