Mourinoga yoqmagan futbolchi Qatarga ketadi

  • 5 sentabr, 2021, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ni yana bir futbolchi tark etadigan bo‘ldi. Joze Mourino ishonch bildirmasligini ma’lum qilganidan keyin Stiven Nzonzi o‘ziga yangi jamoa qidira boshladi.

Tecno

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, frantsiyalik yarim himoyachiga Qatarning “Ar-Rayyan” jamoasi shartnoma taklif qilgan. Ushbu kelishuv 2023 yilning oxirigacha amal qilishi aytilmoqda.

Klub rahbariyati ushbu futbolchi Mourinoga kerak  emasligini inobatga olib, uni arab klubiga bepul qo‘yib yuborishga qaror qilgan.

Ayni paytda klub mutasaddilari shartnomani muddatidan oldin bekor qilayotgani bois o‘yinchiga to‘lanadigan kompensatsiya bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!