
Mourinoga signal: Shomurodov zo‘r formada!
“Roma” jamoasi yuqori o‘rinlar va Evrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashayotgan joriy chempionat yakulanishiga sakkizta tur qolgan bir paytda har bir uchrashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Rimliklar navbatdagi turni 3 aprel kuni Genuyada “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazadi.
Keyingi paytda rimliklar safida juda kam ko‘rinayotgan Eldor Shomurodovga Joze Mourino juda kam o‘yin amaliyoti berayotgan bo‘lsa-da, hujumchimiz terma jamoada ishtirokidagi o‘yinlarda zo‘r formada ekanini ko‘rsatdi.
As-roma sayti bunga alohida e’tibor qaratib, portugaliyalik murabbiyga Eldorning yaxshi formada egani haqida signal berdi:
- Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasining Ugandaga qarshi o‘yinida asosiy qahramon bo‘ldi. Bellashuvda 78 daqiqa harakat qilgan Eldor 39, 55, 72-daqiqalarda to‘p kiritib, xet-trik qayd etdi. Shu orqali, "Roma"da kam o‘ynayotgan futbolchi yaxshi formada ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu fakt Joze Mourinoni unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishga undashi lozim, - deb yozmoqda mazkur sayt.
Eldor Shomurodov joriy mavsumda rimliklar safida barcha turnirlarda 30 ta bellashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, o‘ynagan vaqti atigi 999 daqiqani tashkil qiladi. Asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan hamyurtimiz shu vaqt mobaynida to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda o‘zbek futbolchisiga Bundesliga vakillari – “Leyptsig” va “Xoffenxaym”dan jiddiy qiziqish borligi haqida xabarlar taqatilgandi.
“Roma” bir o‘q bilan ikki “quyon”ni urmoqchi
Calciomercato.it saytining xabar berishicha, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto yaqinda ikki futbolchi – Markos Senezi va Leonardo Paredes agentoari bilan bo‘lajak transfer borasida uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Har ikki o‘yinchining manfaatlarini bir agentlik himoya qilayotgani bois, Pinto bu ikkita transferni bittada hal qilishga urinmoqda.
24 yoshli Markos Senezining “Feyenoord” bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Buni inobatga olgan rimliklar ayni paytda 16-18 million evroga baholayotgan futbolchini arzon narxda transfer qilishga umid bildiryapti. Senezining o‘zi kuchliroq chempionatga ko‘chib maqsadida hozirgi klubi bilan yangi kelishuv imzolamaydi.
Tajribali yarim himoyachi Leonardo Paredesning holati ham shunga o‘xshash. Argentinalik yarim himoyachi kelasi yozda erkin agentga aylanadi. 27 yoshli o‘yinchi ayni paytda PSJda asosiy tarkibga kirishi ancha qiyinlashib qolgan. U barcha turnirlarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Paredesning o‘zi ham ilgari bir necha mavsum o‘ynagan qadrdon jamoasiga qaytishga qarshi emas. Asosiy muammo futbolchining maoshiga bog‘liq. Hozir Leonardo parijliklardan yiliga 7 million evro olyapti. Tabiiyki, “Roma”ning moliyaviy holati buni ko‘tara olmaydi. Rimliklar Paredesning maoshini pasaytiradigan sxemalarni qidirmoqda va buni amalga oshirish yo‘li topilsa, ular transferni rasmiylashtirish bo‘yicha ish boshlaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bu transferlarni amalga oshirish uchun Rim klubiga 30 million evro kerak bo‘ladi. Bu summa “Roma” mutasaddilariga ma’qul kelmoqda.
Kristante sadoqat ko‘rsatmadi
“Atalanta”dan “Roma”ga olib kelingan Brayan Kristante keyingi paytda juda ko‘p tanqid qilinmoqda. Shu bois, 27 yoshli futbolchi Rimni tark etib, o‘ziga boshqa jamoa topishga qaror qildi.
2018 yildan beri “Roma”da o‘ynab kelayotgan yarim himoyachining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga hali ikki yil bor. Biroq, Kristante yangi bitim bo‘yicha takliflarni rad etmoqda va Rimda qolmoqchi emas.
“Roma” Kristanteni majburan ushlab qolmaydi va yozda 20 million evro atrofidagi summaga sotib yuborishga harakat qiladi. Xaridorlar orasida “Milan” bor. Ayni paytda milanliklarga bosh murabbiylik qilayotgan Massimiliano Allegri Brayanning imkoniyatlarini yaxshi biladi. “Milan” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Kristante aynan mana shu murabbiy qo‘l ostida A Seriyada debyutini nishonlagan.
Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor
Fikrlar