Mourino yozda Rimdan ketishi kutilyapti. Uni “Real” qaytarmoqchi!

  • 12 noyabr, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Real”ga qaytishi mumkin, deb xabar tarqatmoqda La Reppublica nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar Karlo Anchelotti o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan kuchli mutaxassis qidiryapti. Italiyalik murabbiy “Real” uning oxirgi klubi bo‘lishini va yozda  pensiyaga chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan.

“Real” prezidenti Florentino Peres portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiylikka asosiy da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shdi.

Mourino 2010-2013 yillar davomida “Qirollik klubi”da bosh murabbiylik qilgan. Uning qo‘l ostida jamoa Ispaniya chempionati, kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!