Mourino uchta super transfer uchun 140 million evro sarflaydi

  • 19 oktabr, 2020, 18:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” bosh murabbiyi kelasi yili jamoaga olib kelinadigan uch nafar futbolchini tanladi va bu transferlar uchun londonliklar 140 million evrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis jamoa yuqori o‘rinlar uchun kurashishi uchun unga Eduardo Kamavinga, Marselo Brozovich va Vaut Vegorst kerakligini ta’kidlamoqda.

17 yoshli Kamavinganing transferi 60 mililon evroga baholangan. Bu vunderkindga “Real” va PSJ asosiy da’vogar hisoblanadi.

“Inter” rahbariyati yarim himoyachi Marselo Brozovichni jamoadan ketkazmoqchi ekani Mourinoga qo‘l kelishi mumkin. “Volfsburg”da ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan Vaut Vegorst ham katta jamoalar e’tiboriga tusha boshladi. Bu futbolchilarning har biri 40 million evro turadi.

Bu transferlar amalga oshishi uchun Joze Mourino “Tottenxem”ni Chempionlar ligasiga olib chiqishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!