
Mourino turklardan ikki megayulduzni olib kelishni talab qildi
“Fenerbahche”ni boshqarayotgan Joze Mourino nafqat mamlakat, balki qit’a miqyosida yaxshi natijalarni qayd etish uchun tarkibda yulduz futbolchilar ko‘p bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Manbalarga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan ikki mashhur futbolchini transfer qilishni so‘ramoqda.
Milan Shkrinyar:
PSJga 2023 yilning yozida ko‘chib o‘tgan Slovakiya terma jamoasi markaziy himoyachisi jamoaga ispaniyalik murabbiy Luis Enrike bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin parijliklar uchun kerakmas o‘yinchiga aylanib qoldi.
Milan Parijdan ketishi aniq. Vaziyatdan “Fenerbahche” foydalanib qolishi mumkin. Mourino esa, himoya markazini Shkrinyarga topshirishga tayyor.
Leroy Sane:
Germaniya terma jamoasi o‘yinchisining “Bavariya” bilan shartnomasi yarim yildan keyin tugaydi. Myunxenliklar tajribali hujumchining jamoada qolishini istayapti.
Lekin Joze Mourino o‘zi boshchilik qilayotgan “Fenerbahche”ning yangi loyihasi Leroy Saneni Istanbulga kelishiga asos bo‘lishiga ishonmoqda.
Fikrlar