Mourino “Tottenxem” futbolchilarini sharmanda qilib ketdi

  • 23 aprel, 2021, 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Telegraph nashri Joze Mourinoning “Tottenxem”dan haydalganidan keyingi vaziyat qanday tus olgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Mourino mashg‘ulot o‘tkazish uchun klub bazasiga kelganida rahbariyat unga ishdan olinganini e’lon qilgan va ofisdagi narsalarini yig‘ishtirib, tezroq ketishi kerakligini uqtirishgan.

Mourino bazada futbolchilarni yig‘ib to‘rt soatdan oshiq davomida ular bilan suhbatlashgan. Portugaliyalik murabbiy klubning barcha a’zolari oldida asosiy tarkib o‘yinchilarini ayovsiz tanqid qilgani aytilmoqda.

Ma’lumki, jamoa bir oy muqaddam Evropa ligasida “Dinamo Zagreb”ga yutqazib, turnirni tark etganidan keyin Jozening jamoa etakchilari bilan munosabati keskin yomonlashgandi.

Aslida Mourino jamoani qabul qilib olganidan keyinoq “Tottenxem” yulduzlari – Denni Rouz, Dele Alli, Tangi Ndombele bilan kelisha olmay qolgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!