
Mourino sobiq shogirdini “Roma”ga chorlamoqda
"Tottenxem" yarim himoyachisi Tangi Ndombele faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Futbolchiga "Roma" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Tangi o‘tgan mavsumni "Lion"da ijara asosida o‘tkazdi. Liga 1 yakuniga etgandan keyin esa u yana Londonga qaytdi. Biroq, “Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte uni o‘z rejalariga kiritmagan. Shu bois, futbolchi “shporlar” safini tark etishi mumkin.
“Romagiallorossa” nashri xabariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida Ndombele bilan birga ishlagan “Roma” ustozi Joze Mourino yarim himoyachini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Shporlar” futbolchini ijara asosida emas, balki to‘liq transfer qilish borasida muzokara o‘tkazmoqda. Chunki ular Ndombelening narxi yil davomida sezilarli darajada pasayib ketishidan xavotirga tushmoqda.
Futbolchi o‘tgan mavsum Frantsiya chempionati doirasidagi 11 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar