Mourino Shomurodovni o‘ynatmagan o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 9 fevral, 2022, 08:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” o‘z oldiga g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan Italiya kubogidan chiqib ketdi. “Bo‘rilar” chorak final uchrashuvini Milanda “Inter”ga qarshi o‘tkazib, 0:2 hisobida engildi.

Tecno

Joze Mourino ketma-ket ikkinchi uchrashuvda Eldor Shomurodovni o‘yinga tushirmadi.

Boy berilgan bahsdan so‘ng Mourino o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Men bu erga “Roma” va uning muxlislari uchun g‘alaba qozonish maqsadida kelgandim. Biz o‘yinni boy berdik, lekin dastlabki besh daqiqani inobatga olmaganda, “Roma” qudratli “Inter”ga qarshi yaxshi o‘ynaganini aytishim mumkin.

Birinchi bo‘limda gol urish uchun bir juft yaxshi vaziyat bo‘ldi. Tanaffusdan keyin biz tashabbusni o‘z tomonimizga og‘dirib bordik. Albatta, biz ko‘p vaziyat yarata olmadik, chunki “Inter”ning himoyachilari zo‘r. Baribir biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, - dedi Joze Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Davlatjon
09/02/2022 08:57
Morinio Menimcha tinchimadi jamoni tugatadi undan Polu Fonseka yaxshi edi
Afzal Pirmatov
09/02/2022 10:14
Яхши уйнаганмуш
Алеоо Моур сен Романи бошкарвоссан Дженоани эмас
Baxil Alihuja
09/02/2022 10:20
Моур аллакачон тамом булган мураббий! У факат бир нечта уйинлик тренер, яъни тайинланиши билан энг аввалги бир нечта уйинда ижобий натижага эришади. Кейин таркибни умуман узгартирмасдан юраверади. Окибатда доимий таркиб уйинчилари чарчагач, маглубиятлар бошланади.