
Mourino “Roma”ning o‘yinida nega jumbushga keldi?
Portugaliyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida “Roma” futbolchilari Angliyaning “Sanderlend” klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
O‘yin jarayonida rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino o‘z hissiyotlarini boshqara olmay, jumbushga keldi.
Bunga uchrashuvning 40-daqiqasida yuzaga kelgan vaziyat sabab bo‘ldi. Raqib futbolchisi Lyuk O’Nin rimliklar o‘yinchisiga qarshi qo‘pol o‘ynadi. Bundan jahli chiqqan portugaliyalik murabbiy maydonga yugurib chiqib, hakamdan qo‘pol o‘yinchini maydondan haydashni talab qildi.
Hakam O’Ninni ogohlantirish bilan cheklandi xolos. Keyinchalik bu futbolchi o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.
Fikrlar