Mourino “Roma”dan haydalganiga munosabat bildirdi

  • 26 mart, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2021 yilning yozida “Roma”ni qabul qilib olib, klub bilan uch yillik bitim imzolagan Joze Mourino shartnomasini oxirigacha etkaza olmadi.

Tecno

Rim klubi rahbariyati natijalardan qoniqmagani va jamoa o‘yinchilari orasida Mourinoga nisbatan norozilik ko‘payib ketgani bois, portugaliyalik mutaxassisdan voz kechishga qaror qildi.

Joze Mourino ishdan olinishi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

“Roma”dan ketkazilishimning hayron qolarli joyi yo‘q. Lekin ketma-ket ikki marta Evrokuboklar finaliga chiqqan murabbiyni qanday qilib ishdan haydash mumkinligini tushunish qiyin. Eng hayratlanarlisi ham aslida mana shu, - dedi Joze Mourino.

Taniqli mutaxassis qo‘l ostida “Roma” UEFAning Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqdi va keyingi mavsum Evropa ligasi finalchisi bo‘ldi.

Mourino boshchiligida “bo‘rilar” jami 96 ta o‘yinda 44 ta g‘alaba, 23 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!