Mourino rad etgan futbolchi uchta klub o‘rtasida talash bo‘lmoqda

  • 15 iyul, 2022, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvertning ijara muddati yakunlanib, “Nitstsa”dan “Roma”ga qaytib keldi.

Tecno

Bosh murabbiy Joze Mourino bu o‘yinchining xizmatlarini rad etgan. Garchi Jastin rimliklar bilan mashg‘ulot o‘tayotgan bo‘lsa-da,  tez orada o‘ziga boshqa ish joyi tanlashi talab etiladi.

Yaxshi saviyadagi o‘yinchiga xaridorlar ko‘payib bormoqda. Klyuyvertning agentlari “Vest Xem” va “Marsel” bilan muzokara olib borayotgan bir pallada yana bir klub unga taklif bilan chiqdi.

23 yoshli vingerning Frantsiya chempionatidagi o‘yinlarini yuqori baholagan “Lion” Jastinga o‘z tarkibidan joy bermoqchi. Bu jamoa rahbariyati Klyuyvertni olish jarayonida Joze Mourino nishonida turgan Ussem Auarni “Roma”ga berishni taklif qilishni rejalashtirgan.

Klyuyvert o‘tgan mavsumda 31 ta uchrashuvda oltitadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!