Mourino o‘ynatmayotgan hujumchiga Ispaniya grandidan taklif bor

  • 1 aprel, 2022, 19:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” mutasaddilari Joze Mourino kutayotgan hujumkor futbolchi – Gonsalu Gedeshni “Valensiya”dan olish uchun rimliklarning asosiy tarkibiga kira olmayotgan Karles Peresni valensiyaliklarga berishga tayyor.

Tecno

“Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Karles Peresga Joze Mourino etarli o‘yin amaliyoti bermayapti va shu bois hujumchi ham tezroq boshqa jamoaga o‘tmoqchi.

Kataloniyaliklardan 14 million evroga xarid qilingan 24 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda atigi 21 ta uchrashuvda ko‘rinish berdi.

“Valensiya” qishki transferlar vaqtida Peresga qiziqish bildirgandi, biroq  klublar  o‘zaro kelisha olmagan. Endi rim klubi Gedeshni olish uchun valensiyaliklar istagan futbolchini Ispaniyaga jo‘natmoqchi.

Gedeshning amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. U klub bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas. “Valensiya”  yozda uni sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

901085afa11eab2da8e7669297926

Abraxam agentiga foyda keltirmoqda

Temmi Abraxam “Chelsi”dan Rim klubiga o‘tganidan keyin “Roma” rahbariyati futbolchining agentiga 800 ming evo to‘lagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda

 La Gazzetta dello Sport. Bu hujumchi transferi uchun to‘langan summa doirasidagi mablag‘.

“Roma” o‘yinchining shartnomasi davom etadigan muddat – yana to‘rt yil davomida har mavsum 800 ming evrodan agentga pul to‘laydi.

Ma’lumki, rimliklar “Chelsi” asosiy tarkibiga kira olmay qolgan Abraxamni yozda 40 million evro evaziga transfer qilgandi. Bu “Roma” tarixidagi rekord transfer sifatida qayd etildi.

24 yoshli hujumchi “Roma”da to‘purarlik mahoratini namoyish eta boshlaganidan keyin unga Angliya klublaridan takliflar kela boshladi.

Rimliklar yangi yulduzini 120 million evroga baholamoqda. “Chelsi”da Abraxamni 2023 yilning yozida 80 million evroga qayta xarid qilish huquqi bor.

01fnxmj73vfx8e7zvy0s

Abraxam A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi!

Italiya futbolchilari uyushmasi “Roma” hujumchisi Temmi Abraxamni mart oyining eng yaxshi futbolchisi,  deb e’tirof etdi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan oy davomida “Atalanta”, “Udineze”, “Vitess” va “Latsio” qarshi o‘tkazilgan o‘yinlarda jami 416 daqiqa harakat qildi. Bu vaqt mobaynida u to‘rtta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni paytda Abraxamga “Chelsi”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Arsenal” klublaridan jiddiy qiziqish bo‘lyapti. Rimliklar to‘purar hujumchisini 120 million evroga baholayapti.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi nomini “Yuventus”ga yangi ko‘chib o‘tgan hujumchi Dushan Vlaxovich qo‘lga kiritgan edi.

0626e6aaf97c86c6b0c61095d06847f8-quality_70Xresize_1Xallow_enlarge_0Xw_835Xh_0

“Roma” futbolchisi “Marsel”dan taklif oldi

“Roma”ning frantsiyalik yarim himoyachisi Jordan Veretu yozda jamoasini almashtirmoqchi. Joze Mourino bu legionerning o‘yinidan qoniqmayapti va u bilan xayrlashishga tayyor.

29 yoshli yarim himoyachi bir necha klublar e’tiborida. Xususan, Frantsiyaning eng mashhur klublaridan “Marsel” unga taklif bilan chiqdi. Marselliklar mavsum yakunlanishi bilan tajribali o‘yinchi ularning safiga ko‘chib o‘tishini istayapti. Shuningdek, “Monako” ham Veretu uchun marselliklar bilan raqobatlashishga tayyor.

Mourinoning taktik sxemalariga mos kelmayotgan o‘yinchini olish oson bo‘lmaydi. Chunki Veretu uchun A Seriyaning etakchli klublari – “Milan”, “Inter” va “Napoli” ham da’vogar hisoblanadi.

Rim klubi bu o‘yinchini 15 million evroga baholamoqda. Biroq, tahlilchilar “Roma” mutasaddilari tayanch yarim himoyachisi uchun qimmat narx belgiladi, degan fikrda.

jordan-veretout

Shomurodov “Roma”ga kerak emas. Eldor uchun navbatdagi bekat – Germaniya grandi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!