
Mourino Oston O‘runovni shug‘ulluntirishi kerak!
"Spartak" klubi va Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko ishsiz qolgan Joze Mourinoni Moskva klubiga taklif etish kerakligini aytdi.
“Spartak”ga Evropaning kuchli murabbiyini taklif qilardim. Klubning moliyaviy imkoniyatlari buni amalga oshirishga imkon beradi. Balki bu Mourino bo‘lar. Men bunday variantni istisno qilmas edim, endi hamma narsaning iloji bor. Men rus mutaxassislarini ranjitishni xohlamayman, ular orasida ham munosiblari bor. Ammo men baribir ishga boshqacha yondoshadigan xorijlik mutaxassisni tavsiya qilaman”, - dedi Pavlyuchenko.
57 yoshli portugaliyalik mutaxassis yaqinda “Tottenxem”dan iste’foga chiqarildi. U bungacha “Portu”, “Chelsi”, “Inter”, “Real” va “Manchester Yunayted” kabi jamoalarni boshqargan.
Hamyurtimiz Oston O‘runov “Spartak” futbolchisi hisoblanadi. U mavsumni “Ufa” safida ijarada o‘tkazmoqda.
Fikrlar