Mourino: "Men "Roma"da baxtliman"
Bosh murabbiy Joze Mourino Rim klubi lageridagi holatidan qoniqish hosil qilganini aytdi. Kecha "Roma" "Feyenoord" jamoasini mag‘lub etib, Evropa ligasining yarim finaliga chiqdi. Yarim finalda "bo‘rilar" Leverkuzenning "Bayer" jamoasi bilan uchrashadi.
"Men "Roma"da baxtliman. Menga muxlislar yoqadi, ular ham meni yoqtirishadi. Ba’zida hafsalamiz pir bo‘ladi, lekin biz o‘sish uchun harakat qilyapmiz", - dedi portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 60 yoshli murabbiy "Roma" boshqaruvidagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Joze o‘zining birinchi mavsumida jamoaga Konferentsiya ligasida g‘alaba qozonishga yordam berdi.



Fikrlar