
Mourino klubni Evropa gegemoniga aylantiradigan superloyihani barbod qildi!
“Chelsi”ning sobiq texnik direktori Maykl Emenalo o‘zi ishlagan davrda klub xo‘jayini Roman Abramoqichga superloyiha taklif qilganini va uni Joze Mourinodan tashqari hamma qo‘llab-quvvatlaganini aytib berdi.
- Biz istiqbolli loyiha yaratdik va o‘sha davrdagi eng zo‘r yosh o‘yinchilarni taklif qildik. Azar, Mata, Oskar, De Bryuyne, Romelu Lukaku va Muhammad Saloh. Bu futbolchilar bilan uzoq yillar Angliya va Evropada gegemonlik qilish mumkin edi va biz aynan mana shu yo‘nalishda harakat qildik. Jarayon ishga tushgandi.
Joze Mourino qaytishi bilan hammasi bir lahzada o‘zgarib ketdi. Chunki u kelgan vaqtning o‘zidayoq g‘alaba qozonishni istadi va istiqbolli loyihamiz to‘xtatildi. Bu juda qiyin davr edi, jamoa o‘zgarishlarga ko‘nikishi, yosh o‘yinchilar yangi bosh murabbiy ularga boshqacha munosabatda bo‘lishini tushunib etishi qiyinchilik tug‘dirardi.
Mourino kelganidan keyin qo‘lga kiritgan sovrinlar biz boy bergan istiqbolli jamoaning o‘rnini bosolmaydi. Barbod bo‘lgan loyihamiz amalga oshirilganda “Chelsi” etti-sakkiz yil davomida hamma turnirlarda g‘olib chiqardi, o‘sha davrdagi engilmas “Barselona”dan o‘zib ketardi, - dedi Maykl Emenalo.
Fikrlar