Mourino: Iltimos, “Roma”dan ketib qolma!

  • 12 dekabr, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” himoyasining asosiy o‘yinchisi – Kris Smollingning klub bilan shartnomasi oxirlab bormoqda.

Tecno

Angliyalik futbolchiga Italiyaning jiddiy klublari – “Inter” va “Yuventus”dan chorlov bo‘lyapti. Biroq, Joze Mourino asosiy himoyachisidan ayrilib qolishni istamayapti.

Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, Joze Mourino tez orada Kris Smolling va uning agenti bilan shaxsan uchrashib, futbolchidan Rimda qolishni so‘ramoqchi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “bo‘rilar”ning bir necha o‘yinchilari ham Smollingni poytaxtda olib qolishni talab qilmoqda. Chunki, tajribali futbolchining jamoaga ta’siri juda katta ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!